TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Dnepropetrovsk viloyatida aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida Dnepropetrovsk viloyatining Zaporojskoe aholi punkti ozod qilindi,"- deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, o‘tkan kun mobaynida Rossiya armiyasining:
"Janub" qo‘shinlari– Ukraina Qurolli kuchlarining 175 nafar harbiy xizmatchisini;
"Dnepr" qo‘shinlari – Ukraina Qurolli kuchlarining 60 nafar harbiy xizmatchisini;
"Shimol" qo‘shinlari – Ukraina Qurolli kuchlarining 165 nafar harbiy xizmatchisini;
"Markaz" " qo‘shinlari – Ukraina Qurolli kuchlarining 275 nafargacha harbiy xizmatchisini;
"G‘arb" qo‘shinlari -Ukraina Qurolli kuchlarining 215 nafar ortiq harbiy xizmatchisi yo‘q qilgan.
Bundan tashqari, Ukraina zirhli mashinalari, dala artilleriya qurollari, FH-70155-mm gaubitsuasi, elektron kurash radiostansiyalaridan mahrum bo‘lgan. Rossiya harbiylari Ukrainaning uchta qurol-yarog‘ omborini ham yakson qilgan.