TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Prezident O‘zbekiston Mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
"Mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun, - deyiladi farmon matnida.
Famonga muvofiq:
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi" faxriy unvoni bilan -1 kishi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni bilan -1 kishi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog" faxriy unvoni bilan -2 kishi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi" faxriy unvoni bilan -2 kishi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor" faxriy unvoni bilan - 2 kishi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi" faxriy unvoni bilan -1 kishi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" faxriy unvoni bilan -1 kishi;
"El-yurt hurmati" ordeni bilan - 5 kishi;
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan -1 kishi;
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan - 3 kishi;
"Do‘stlik" ordeni bilan - 34 kishi;
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan - 32 kishi;
"Sog‘lom turmush" medali bilan -1 kishi;
"Kelajak bunyodkori" medali bilan -2 kishi;
"Jasorat" medali bilan -100 yoshdan oshgan 14 kishi, va yana 67 kishi mukofotlangan.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati quyida.