Barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun kreditlar ajratiladi

2026–2028 yillarda tijorat banklari barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7-yil muddatgacha kredit ajratadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistonda barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun kreditlar ajratiladi. 19-avgust kuni prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etiladi, jumladan:
2026–2028 yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7-yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:
viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun – 30 mlrd so‘mgacha;
boshqa hududlarda – 10 mdrd so‘mgacha;
har yili sayyohlarning eng ko‘p e’tiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy e’tirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarga teng tanlov o‘tkazish.
2026 yildan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddati 3-yildan 5-yilgacha oshiriladi.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda e’lon qilingan eng muhim yangiliklar