Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy maqomi, hududlar masalasi va Rossiya maqsadlari: Lavrov NBC uchun intervyu berdi

Amerika telekanaliga bergan intervusida Rossiya TIV rahbari qator muhim masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NBC telekanali uchun intervyu berdi. Unda u Vladimir Zelenskiyning yuridik maqomi, hududlar masalalari va xavfsizlik kafolatlari, Rossiya maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Zelenskiy maqomi va Putin bilan ehtimoliy uchrashuv

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy hozir Ukraina mojarosini tartibga solish to‘g‘risidagi yuridik hujjatlarni imzolasa bo‘ladigan qonuniy shaxs emas.

“Biz uni rejim rahbari sifatida de-fakto tan olamiz. Bu ko‘rinishda biz u bilan uchrashishga tayyormiz. Biroq siz butun manzarani olishni xohlaysizmi yoki faqat sizni qoniqtiradigan qisminimi? Ish yuridik hujjatlarni imzolashga yetib borganda hammaning ravshan tushunchasi bo‘lishi kerakki, imzolayotgan shaxs qonuniy hisoblanadi. Ukraina Konstitutsiyasiga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy hozir bunday shaxs hisoblanmaydi”, - dedi Rossiya TIV rahbari.

Rossiya maqsadlari

“Bizning maqsadlarimiz bor va ularga erishiladi. Xususan: Ukraina tomonidan kelayotgan Rossiya xavfsizligiga har qanday tahdidni bartaraf etish, o‘zini rus madaniyati va tarixiga mansub biladigan etnik ruslar va rusiyzabonlarning huquqlarini himoya qilish”, - dedi Lavrov.
Ukraina o‘zining betaraf bloklarga qo‘shilmaydigan maqomini saqlashi va yadrosiz davlat bo‘lib qolishi shart.
Ukraina mavjud bo‘lish huquqiga ega bashartiki, referendumlarda o‘z taqdirini belgilab olgan va Kiyev rejimi yo‘q qilishga harakat qilayotgan odamlarni “qo‘yib yuborsa”.

Xavsizlik kafolatlari

Ukrainaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha Rossiyaning asosiy manfaatlarini inobatga oluvchi konsensus bo‘lishi shart. Moskva bunda 2022-yilda Istanbul muzokaralarida erishilgan kelishuvlardan kelib chiqish kerak deb hisoblaydi. Rossiya kollektiv xavfsizlik masalalari usiz hal etilishiga rozi bo‘lmaydi.
Putin telefon suhbat chog‘ida Trampga Rossiya Istanbulda boshlangan Kiyev bilan bevosita muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini aniq bildirgan.
Rossiya Putin va Zelenskiyga yetkazilishi zarur bo‘lgan masalalarni muhokama qilish uchun delegatsiyalar darajasini oshirishni taklif qilgan.
Ukrainada qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan biror bir mamlakatning kapitali unga immuninet bermaydi.
Putin va Tramp bir-birini hurmat qiladi va o‘z davlatlari milliy manfaatlarini himoya qilishga harakatlarni qardlashadi. Ular Ukrainada tinchlikka erishishmoqchi, Yevropa siyosatchilarining xatti-harakatlari esa ular buni istamayotganini ko‘rsatapti.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy Trampning Ukraina bo‘yicha takliflarini rad etdi – Lavrov