TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Filiya qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmasi hujumkor xatti-harakatlar natijasida Filiya aholi punktini ozod qildi”, - deyiladi xabarda.
Rossiya harbiy idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainai Qurolli kuchlari “Markaz” qo‘shinlari harakatlari hududida 420 nafargacha harbiy xizmatchini yo‘qotgan.