O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashni rejalashtirmoqda

Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanishi ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24”telekanaliga bergan intervusida ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi doirasida “Turkman havo yo‘llari” (Turkmenistan Airlines) bilan fuqarolik aviatsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.

Bugungi kunda Turkmanistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarimiz mavjud emas. Bugun biz hujjatga qo‘l qo‘ydik: barcha jozibador taraflarini ko‘rsatgan holda, qisqa kunlarda ikki tomonlama to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni boshlashga imkoniyat yaratilyapti”, – dedi Mahkamov.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar 2013-yil may oyida to‘xtatilgan.
O‘zbekiston va Turkmaniston: yetakchilar strategik sheriklikni muhokama qildi