TOShKENT, 24 avg – Sputnik. 2025-yilning olti oyi davomida Yevrooisiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga qaraganda 1,7 foizga oshdi.
O‘sish Ittifoqning deyarli hamma mamlakatlarida kuzatildi:
Qirg‘izistonda – 10,2% ga;
Qozog‘istonda – 6,5% ga;
Rossiyada – 1,4% ga,
Belarusda – 0,3% ga.
Armanistonda esa sanoat ishlab chiqarish hajmi pasaygan. Shu bilan birga, YeOII mamlakatlarida qayta ishlash sanoatida 3,9 foiz o‘sish kuzatilgan.