Yangi o‘quv yili ayrim talabalar uchun 8-sentabrdan boshlanadi — vazirlik

Birinchi kurs va katta kurs talabalar uchun yangi o‘quv yili turli sanalarda boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. ️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentabrdan, yuqori kurslarga 8-sentabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim vaziri buyrug‘ida aytib o‘tilgan.

2025/2026-o‘quv yilini boshlash sanalari:
Akademik litseylar o‘quvchilari uchun — 3-sentabrdan,
Oliy ta’lim muassasalarinin 1-kurs talabalari uchun — 3-sentabrdan,
OTMlarning ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun — 8-sentabrdan.
Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:
Talabalarni oliy ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;
Talabalarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.