TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Ukrainalik harbiy asir Yevgeniy Kostishak aytishicha, Kiyevdagi LGBT* tarafdorlari o‘zlarini ochiq tutib, safarbarlikdan qochishadi.
Kiyev markazida bo‘lganimda ikki yigit qo‘l ushlashib, quchoqlashib yurganini ko‘rdim. Kiyev uchun bu allaqachon "obro‘li" holatga aylangan, noan’anaviy jinsiy yo‘nalish vakillari Ukraina Qurolli Kuchlariga majburiy safarbarlikka jalb qilinmaydi, ular o‘zlarini erkin his qilishadi", - deydi u.
"Mening ko‘p sinfdoshlarimni urush olib ketdi. Ularni majburan "avtobus"ga tiqib urushga tashlashdi, lekin bu "xo‘rozlar"... bemalol qo‘l ushlashib yurishibdi. Ular o‘zlarini jannatdagidek his qilishayapti. Boshqa yigitlar esa o‘lib ketishmoqda ", - deya qo‘shimcha qildi u.
Ukrainada harbiy safarbarlik ashaddiy tus olgan. U yerda harbiy komissariat vakillari erkaklarni ko‘chada ushlab, mikroavtobuslarda olib ketayotgani va ularga nisbatan kuch ishlatgani tasvirlangan videolar internetda juda ko‘p.
Ukrainada harbiy komissarlik xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar keng tarqalgani haqida oldinroq Radaning inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubines ham xabar bergan edi.
* LGBT - Rossiyada harakat deb tan olingan va taqiqlangan harakat.