Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya sovg‘a qildi

Uchrashuv doirasida transport va logistika, kemasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar va boshqa hujjatlar imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev birgalikda "Galkinish" - milliy ot sportijamoasi axaltaka zotli tulporlarining chiqishlarini tomosha qilishdi.
Dunyoga mashhur "Galkinish" ot sporti guruhi bu yil Monte-Karloda bo‘lib o‘tgan 47-xalqaro sirk festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin mukofotga sazovor bo‘ldi, shuningdek, Istanbulda bo‘lib o‘tgan Xalqaro etnosport festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Mirzoyev, Aliyev i Berdimuxamedov posmotreli igru "Galkinish"
Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida davlatimiz rahbariga to‘kin-sochinlik va farovonlik ramzi bo‘lgan tuya va bo‘taloqni sovg‘a qildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Qo‘shma bayonot qabul qildilar.
Turkmanistonda 22-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuv dasturi doirasida
yetakchilar transport va logistika, kemasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar, Tovar-xomashyo birjalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi.
Mirzoyev, Aliyev i Berdimuxamedov posmotreli igru "Galkinish"