TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Vladimir Zelenskiy Vashingtondagi uchrashuvda AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun zarur deb hisoblaydigan Donald Trampning barcha takliflarini rad etdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hammaga ayon ediki, Vashington qabul qilinishi shart hisoblagandek, bir necha prinsiplar, jumladan, hech qanday NATOga a’zolik bo‘lmaslik, <...> hududiy masalalarni muhokama qilish bor edi, Zelenskiy esa bularni bariga “yo‘q” dedi”, - deya ma’lum qildi Rossiya TIV rahbari.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh prezidenti ko‘targan ayrim masalalar bo‘yicha moslashuvchanlik namoyon etishga rozi bo‘lgan.
“Prezident Tramp Ankorijdan keyin bir necha bandlarni taklif qildi, ayrimlariga qo‘shilamiz, ularning ayrimlariga esa ayrim moslashuvchanlik ko‘rsatishga rozi bo‘ldik”, - dedi Rossiya vaziri.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Vladimir Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida gapirar ekan, u rejalashtirilmaganini ma’lum qildi. Ammo Rossiya prezidenti uchrashishga tayyor, agar bunday sammit kun tartibi tayyor bo‘lsa.
“Uchrashuv rejalashtirilmagan... Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor, qachonki sammit uchun kun tartibi tayyor bo‘lsa, bu kun tartibi umuman tayyor emas”, - deya qayd etdi Lavrov.
15 avgust kuni Putin va Tramp Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina mojarosini hal etish bo‘ldi.
18 avgust kuni Tramp Oq uyda Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ikki tomonlama uchrashuvdan keyin ularga ayrim Yevropa yetakchilari qo‘shildi. Tomonlar AQSh bilan muvofiqlashtirilgan holda Yevropa mamlakatlari Kiyev uchun taqdim etishni rejalashtiriayotgan xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishdi.