TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida 2025-yil 26-avgust kuni soat 13:00 da O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mavzuga bag‘ishlangan “Moskva–Toshkent” videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Anjuman ishtirokchilari:
Moskvadan: Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo kengash kotibiyati rahbari o‘rinbosari Igor Malashevich.
Toshkentdan: O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Sherzod Saparov.
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha MDH davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.
Muhokama qilinadigan savollar:
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo kengash oldida qanday asosiy vazifalar turibdi?
O‘zbekistonning ushbu Kengashga a’zo bo‘lishi mamlakat va butun MDH davlatlari uchun qanday ahamiyatga ega?
Yaqin kelajakda Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida qanday hamkorlik shakllari va qo‘shma tashabbuslar rejalashtirilgan?
Anjumanga jurnalistlar taklif etiladi
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+998971907178
️ Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.