TOShKENT, 21 avg – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bahraynga rasmiy tashrifi doirasida mamlakatning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xususan, vazir Bahrayn Podshohligi bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Xolid bin Abdullo Al Xalifa bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Bahrayn Podshohligi o‘rtasidagi hamkorlikning barcha yo‘nalishlari muhokama etildi.
Ta’kidlanishicha, ikki mamlakat hukumatlari do‘stona aloqalarni mustahkamlash yo‘lida jadal harakat qilmoqda.
Iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim hamda geosiyosat kabi yo‘nalishlarda samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Baxtiyor Saidov vstretilsya s ministrom inostrannix del Korolevstva Baxreyn
Shuningdek, Saidov Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniy bilan ham uchrashdi.
Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqotni kengaytirish, savdo, investitsiyalar va institutsional tajriba almashishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, mintaqaviy va global hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Ministr inostrannix del vstretilsya s ministrom finansov i natsionalnoy ekonomiki Baxreyna
Bundan tashqari, Saidov Bahrayn Podshohligi moliya va milliy iqtisodiyot vaziri Shayx Salmon bin Xalifa Al-Xalifa hamda “Bahrain Mumtalakat Holding Company” bosh ijrochi direktori Shayx Abdullo bin Xalifa Al-Xalifa bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish va boshqa masalalar muhokama etildi.
Ministr inostrannix del vstretilsya s ministrom promishlennosti i torgovli Baxreyna
O‘zbekiston TIV rahbari, shuningdek, Bahrayn Podshohligi sanoat va savdo vaziri Abdulla Adel Faxro bilan ham uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy va savdo hamkorligini mustahkamlash, sarmoyaviy, innovatsion va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi imkoniyatlarni o‘rganish, shuningdek asosiy sohalarda tajriba almashish zarurligi qayd etildi.