TOShKENT, 21 avg – Sputnik. “Tashabbusli budjet” jarayonlarida so‘ngi ikki mavsumda ketma ket g‘olib bo‘lgan 823 ta mahallaga joriy yilgi mavsumida "tanaffus" berilganligi e’lon qilingan, lekin ushbu mahallalar ovoz berish mavsumida to‘lik ishtirok etishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati eslatib o‘tdi.
"Ushbu 823 ta mahallalar faqatgina taklif kirita olmasligini eslatib o‘tgan holda 2025-yilgi 2-mavsumida ovoz berish bosqichida to‘liq ishtirok etishi mumkinligini ma’lum qilamiz", - deyilgan vazirlik xabarida.
Bunga ko‘ra, ushbu mahalla aholisi o‘zlariga yaqin yoki qo‘shni mahallalarga ovoz to‘plashda ko‘maklashishlari mumkin.
2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.