TOShKENT, 21 avg – Sputnik. O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2025-yil Mustaqillik bayrami munosabati necha kun dam olish bo‘lishini ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, 1-sentabr – Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan:
5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentabr (bayram) kunlari;
6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31-avgust (yakshanba) va 1-sentabr (bayram) kunlari dam oladi.
“Qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan”, – deyiladi vazirlik xabarida.