Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Lavrov Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun shartni ma’lum qildi

Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, vazirlar va ekspertlar oliy darajada ko‘rib chiqishni talab qiladigan masalalarni oldindan ishlab chiqishlari kerak.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bir necha marta aytgan, biroq bu uchun vazirlar va ekspertlar oliy darajada ko‘rib chiqishni talab qiladigan masalalarni oldindan ishlab chiqishlari kerak. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Prezidentimiz u, jumladan, janob Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bir necha marta aytgan, shuni tushungan holdaki, oliy darajada ko‘rib chiqishni talab qiladigan barcha masalalar yaxshi ishlab chiqiladi va ekspertlar, vazirlar tegishli tavsiyalarini tayyorlashadi. Va albatta, agar ish, umid qilamanki, bo‘lajak kelishuvlarni imzolashga yetganida bu kelishuvlarni Ukraina tomonidan imzolaydigan shaxsning qonuniyligi to‘g‘risidagi masala hal qilinadi”, - dedi Rossiya TIV rahbari.
Lavrovning eslatishicha, Zelenskiy Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni taqiqlovchi o‘zining uch yil oldingi farmonini haliyam bekor qilmagan.