TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Rossiya va Qirg‘izistonning “Kapital” banki AQSh va Buyuk Britaniya bu moliya muassasiga sanksiya kiritgandan keyin jabr ko‘rmaydi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.
“Rossiya bundan jabr ko‘rmaydi. To‘g‘risini aytsak, “Kapital” bank ham jabr ko‘rmaydi. U ilgariday Moliya vazirligi nazorati ostida ishlab, davlatga foyda keltiradi”, - dedi Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida.
Bir necha oy AQSh “Kapital” bankka qarshi sanksiya kiritgandi, shundan keyin balki hukumat tomonidan rubl bilan ishlaydigan Qirg‘izistonning asosiy banki etib tayinlangan. 20-avgust kuni bankka qarshi Britaniya ham sanksiya kiritdi.
Qirg‘iziston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari kutilgan natijani bermadi. Rossiya sannksiyalardan keyin o‘z ishlab chiqarishi va qishloq xo‘jaligini yuqori darajaga ko‘tara oldi. Rossiya ilgari import qilgan mahsulotlarini hozir o‘zi eksport qilmoqda.
Japarov Rossiyada har kuni Qirg‘izistonga kuniga milliard rubl jo‘natadigan mamlakat fuqarolari borligini ta’kidladi. Bu pullarni konvertatsiya qilish va odamlar olishi uchun imkoniyat yaratish kerak.
Shu bois Qirg‘iziston G‘arbni iqtisodiy o‘sish uchun bosim o‘tkazayotganlikda aybladi.
“Yana hech qanday fakt yo‘q, faqat shubhalar. Shu bois menda shubha tug‘iladi. Axir ular Qirg‘iziston iqtisodiyoti yuqori sur’atlarda o‘sib borayotganini ko‘rmoqda. Masalan, YaIMmiz 11,7 foizga o‘sdi, biz MDH mamlakatlari orasida yetakchi qatorlardamiz. O‘ylaymanki, aynan shu sabab bizga bosim o‘tkazishmoqda. Buyuk davlatlar boshqa mamlakatlar tez rivojlanishini xohlamaydi”, - dedi Japarov.
Qirg‘iziston rahbari AQSh prezidenti Donald Tramp va Britaniya bosh vaziri Kir Starmerga murojaat qilib, iqtisodiyotni siyosiylashtirmaslikka chaqirdi.