O‘zbekistonlik sportchi yengil atletikaning eng nufuzli turnirlaridan birida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik sportchi Anvar Anvarov Brilliant liga turnirida zafar quchib, Safina Sadullayevadan keyin ushbu nufuzli musobaqada g‘olib chiqqan ikkinchi o‘zbek sportchisiga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Shveysariyaning Lozanna shahrida yengil atletika bo‘yicha nufuzli "Brilliant liga" turkumining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik sportchi Anvar Anvarov uzunlikka sakrashda 7,84 metr natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Ikkinchi o‘rinni Shveysariya vakili Saymon Exammer (7,72 m) egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni yamaykalik Tejey Geyl (7,71 m) egalladi.
Anvarov Safina Sadullayevadan keyin Brilliant ligasi turnirida g‘alaba qozongan ikkinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.
"Brilliant ligasi" seriyasi 2010-yildan beri o‘tkazib kelinadi va Olimpiya o‘yinlari hamda jahon chempionatlari qatorida yengil atletikadagi eng nufuzli musobaqalardan biri sanaladi. 2025-yilda u o‘z tarixida 16-marotaba tashkil etilib, 27–28 avgust kunlari Surixdagi final bilan yakunlanadi.
Safina Sa’dullayeva yengil atletika bo‘yicha “Brilliant liga”da g‘olib bo‘ldi