TOShKENT, 21 avg – Sputnik. AQSh Xalqaro jinoiy sudning (XJS) yana to‘rt nafar a’zosiga nisbatan sanksiya joriy qildi. Bu haqda Amerika Davlat departamenti ma’lum qildi.
Gap ikki sudya – kanadalik Kimberli Prost va fransiyalik Nikolya Giyuva hamda XJS prokurorining ikki o‘rinbosari – fidjilik Najat Shamim Xon va senegallik Mame Mandiaye Niangu haqida borapti.
Davlat departamentining ma’lum qilishicha, ular AQSh yoki Isroilning roziligisiz bu davlatlar fuqarolariga qarshi XJSning hibsga olish yoki sud ta’qibiga oid surishtirish ishlariga aloqador.
AQShning XJS xodimlariga nisbatan sanksiyalari moliyaviy va viza cheklovlarini nazarda tutadi. Vashington ilgari tashkilot vakillariga qarshi sanksiya kiritgandi. 2025-yil fevralida Donald Tramp prezidentlik lavozimini bajarishga kirishganidan ko‘p o‘tmay XJS prokurori Karim Xonga nisbatan sanksiya joriy qilindi. Keyin iyun oyida Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondagi ehtimoliy harbiy jinoyatlari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishda qatnashgan tashkilotning to‘rt sudyasi ham cheklov ostiga tushgan.