TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Samarqandda harbiylar o‘rtasida triatlon bo‘yicha o‘tkazilgan "25 Jahon chempionati"ning g‘oliblari aniqlandi.
Umumjamoa hisobda O‘zbekiston terma jamoasi 3- o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Umumjamoa hisobda O‘zbekiston terma jamoasi 3- o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
1– o‘rinni Fransiya Respublikasi terma jamoasi;
2– o‘rinni Rossiya Federatsiyasi terma jamoasi
3 – o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi qo‘lga kiritdi.
Sputnik oldin xabar berganidek, chempionatda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belgiya, Kanada, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Sloveniya, Shveysariya, Qatar, Eron va Portugaliya kabi 13 davlatdan 120 nafar sportchi ishtirok etdi. Sportchilar uchta yo‘nalishda bellashdi: individual, aralash estafeta (MIX) va faxriylar o‘rtasida (SENIOR).
Musobaqa talablariga ko‘ra, har bir ishtirokchi quyidagi masofalarni bosib o‘tishi kerak edi: 750 metr ochiq suvda suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish.