TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yirik miqdorda narkotik moddalar olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.
Surxondaryoning Uzun tumanida ikki nafar 2005 va 2006-yillarda tug‘ilgan ahalliy fuqarolar Tojikistondan 20,3 kg "opiy" va 41,7kg"gashish"ni noqonuniy olib kelayotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida ularning sheriklari va kontrabanda buyurtmachisi ham qo‘lga olingan.

Toshkent viloyatida DXX va bojxona xodimlari tomonidan Qozog‘istondan kelgan Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli quyma marmar tosh ichidan 7,9 kg “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi topilgan.
Tekshiruvda ushbu moddani unga Moskva shahridan noma’lum shaxs tomonidan berilgani aniqlangan. Tadbir davomida modda buyurtmachisi Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olingan.
Afg‘onistonlik narkosavdogarlardan yirik miqdorda giyohvandlik vositalarini olib, Farg‘ona viloyatida sotish bilan shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga ham chek qo‘yildi.

Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1964-yilda tug‘ilgan ayol va uning 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan o‘g‘li qo‘lga olinib, ulardan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 5,9kg “opiy” va 3,9kg“gashish” moddalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
DXX, IIB va Bojxona xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79,7kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.