Saida Mirziyoyeva Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun, Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.

Saida Mirziyoyeva Qirg‘iziston prezidentiga Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Yoshlar siyosatini rivojlantirish muhimligini ta’kidlar ekan, Saida Mirziyoyeva Bishkekda o‘tkazilayotgan "Zakovat" intellektual o‘yini allaqachon jamoaviy ruh va ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatish ramziga aylangani haqida gapirdi.

Saida Mirziyoyeva o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan davlatlararo munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilganini ta’kidlab, bu jarayonda ikki mamlakat yetakchilari muhim rol o‘ynayotganini qayd etdi.