TOShKENT, 20 avg —Sputnik. Bransk viloyatida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi, uch nafar diversant qo‘lga olindi, yana uch nafari yo‘q qilindi, deb xabar berdi FXX.
"Bransk viloyati IVV Milliy gvardiya qo‘shinlari bilan hamkorlikda Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi nazorati ostidagi Maxsus operatsiyalar xizmati xodimlaridan iborat qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyatini to‘xtatdi.
Diversantlar Rossiya transport infratuzilmasi obyektlarida qo‘poruvchilik va teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan. Ular Ukrainada, shuningdek, Litva, Estoniya va Norvegiyada G‘arb razvedka zobitlari ishtirokida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.
Qo‘lga olish vaqtida diversantlar yonidan qo‘yidagilar topilgan:
ovozsiz otish moslamalari bilan jihozlangan 6ta avtomat (AQSh);
16 kg plastik portlovchi modda (Chexiya);
ko‘p sonli granata va patronlar (NATO);
radiostansiya (Ukraina);
Hibsga olingan diversantlardan biri uning guruhi 2024-yil sentabr oyida Belgorod viloyatining Novooskolskiy tumanida temir yo‘lni portlatganini tan oldi.
Holat yuzasidan qo‘poruvchilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.