"Open budjet" ikkinchi mavsumining targ‘ibot kunlari boshlandi

2-mavsum doirasida 22 623 ta taklif kelib tushgan va shundan 18 656 tasi saralash bosqichidan o‘tkazilgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yil 2-mavsumi doirasida saralash bosqichi yakunlandi hamda targ‘ibot bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Joriy yilning 19–21 avgust kunlari “Tashabbusli budjet” loyihasining 2-mavsumi doirasida saralashdan o‘tgan loyihalar uchun 3 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi",- deyiladi xabarda.
Bunda, tashabbuskorlar saralashdan o‘tgan loyihalarni targ‘ib qilish orqali ovoz berish bosqichiga tayyorgarlik ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 2-mavsumdagi ushbu loyihalar uchun 2 trillion 690 milliard 432 million so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan, shundan viloyatlar uchun :
Farg‘ona — 343,5 mlrd.
Samarqand — 281,8 mlrd.
Qashqadaryo — 255,3 mlrd.
Andijon — 249,5 mlrd.
Toshkent — 231,5 mlrd.
Namangan — 225,9 mlrd.
Surxondaryo — 198,8 mlrd.
Buxoro — 183,3 mlrd.
Qoraqalpog‘iston — 169,5 mlrd.
Xorazm — 163,5 mlrd.
Jizzax — 126,2 mlrd.
Navoiy — 109,2 mlrd.
Toshkent sh. — 101,3 mlrd.
Sirdaryo — 50,7 mlrd.
Tumanlar kesimida eng ko‘p mablag‘ Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi loyihalar uchun ajratilgan bo‘lib, tahminan 24 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu esa Sirdaryo viloyatiga ajratilgan mablag‘larning qariyib yarmi bilan teng.