O‘zbekiston para-dzudochilari xalqaro musobaqani muvaffaqiyatli boshlashdi

Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi Gran-prisining birinchi kunida sportchilar oltin, kumush va bronzaga ega bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Misrning Qohira shahrida start olgan para dzudo bo‘yicha IBSA Gran-prisida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi deb xabar beradi UzA axborot agentligi.
70 kilogramm vazn toifasida Kamran Nurilloyev va Sherzod Namozov barcha raqiblarini mag‘lub etib finalgacha yetdi. O‘zaro hal qiluvchi bahsda Kamran g‘alaba qozonib, oltin medal sohibi bo‘ldi. Sherzod esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
81 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda esa hamurtimiz Shohrux Mamedov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, bugun yana to‘rt nafar hamurtimiz – Muhammad Abduqulov, Asiljon Mamasiddiqov, Muharram Abdusamatova va Feruza Ergasheva ham Gran-pridan medal uchun kurash olib borishadi.