TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Kupansk yo‘nalishida Borovaya aholi punkti hududida Ukraina qurolli kuchlari mudofaasini yorib o‘tdi, deb xabar berdi TASS Rossiya qurolli kuchlari xabariga tayanib.
"1-tank armiyasi jangchilari Kupansk yo‘nalishida hujumni davom ettirmoqda. 4-gvardiyachi tank diviziyasining razvedkachi-uchuvchisiz bo‘linmalari 12-tank polki bilan hamkorlikda Borovaya yaqinida Ukraina armiyasi mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib, Ukraina Qurolli Kuchlari 3-armiya korpusining 3-alohida hujum brigadasining mustahkamlangan tayanch punktlariga kombinatsiyalangan o‘t ochdi," - deyiladi xabarda.
U yerda qo‘shimcha qilinishicha, operatsiya natijasida Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkib va texnikada katta yo‘qotishlarga uchragan, bo‘linma qoldiqlari Oskol darosidan kechib o‘tish joyiga chekingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi hisobotiga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari 1 sutkada quyidagi yo‘qotishlarga uchradi:
Rossiya Mudofaa vazirligi hisobotiga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari 1 sutkada quyidagi yo‘qotishlarga uchradi:
1400 dan ortiq harbiy xizmatchi,
6ta tank, jumladan 2 dona Germaniyada ishlab chiqarilgan Leopard,
19ta jangavor zirhli mashina, jumladan 3ta AQShda ishlab chiqarilgan HMMWV va 2ta Angliyada ishlab chiqarilgan Mastiff,
49ta avtomobil,
14ta artilleriya qurollari, ulardan 4 tasi NATO davlatlarida ishlab chiqarilgan.
Yuqoridagilardan tashqari – "Grad" reaktiv tizimli jangavor mashina, 7 ta radioelektron kurash stansiyasi, AN/TPQ-50 kontrbatareya kurash stansiyasi, RADA radiolokatsion stansiyasi (Isroilda ishlab chiqarilgan), 4 ta o‘q-dori ombori va yoqilg‘i ombori yo‘q qilindi.