Parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasida rasmiy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Tashrif Qozog‘iston Senati Raisi taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Parlament delegatsiyasi joriy yilning 18–19 avgust kunlari Qozog‘iston Respublikasida rasmiy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

"Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi joriy yilning 18–19 avgust kunlari Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi",- deyilgan xabarda.

Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibining oliy vakili bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?