Matbuot markazi

O‘zbekiston va Rossiya sanoat kooperatsiyasini kuchaytirmoqda — video

Anjuman mavzusi - O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Sputnik matbuot markazida Rossiya eksport markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pavel Buxanovning matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassisning aytishiga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekistonning savdo sohasidagi asosiy maqsadi bu “30–30” rejasi Ya’ni mavjud to‘siq va qiyinchiliklarni yumshatish, shuningdek, investitsiya loyihalarini ko‘paytirish orqali 2030-yilgacha ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini $30 mlrd.ga yetkazish.
Shuningdek, “Shimol — Janub” transport yo‘nalishini rivojlantirishdir. "O‘zbekiston Rossiya–Qozog‘iston–Afg‘oniston–Pokiston transport yo‘lagini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu yo‘nalishga katta umid bog‘langan", — dedi Buxanov.