TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati Ukraina maxsus xizmatlarining Qrim ko‘prigida navbatdagi teraktini fosh qildi.
Guyoki Rossiya fuqarosi tomonidan YeI hududida xarid qilingan gibrid avtomobil bir qator davlatlar orqali o‘tib Rossiya-Gruziya chegarasidagi “Verxniy Lars” xalqaro nazorat-o‘tkazish punkti orqali Rossiyaga kirib kelgan.
Shundan so‘ng yuqori quvvatli bomba o‘rnatilgan mashina boshqa haydovchiga topshirilishi va Krasnodar o‘lkasiga yuborilishi rejalashtirilgan. Uni Qrim ko‘prigi orqali o‘tish vaqti portlatib yuborish rejalashtirilgan edi. Bundan so‘nggi haydovchining o‘zi ham bexabar bo‘lgan.
Ukrainalik terrorchilarning barcha hiyla-nayranglariga qaramay, Rossiya FXX ushbu rejani fosh etishga, Chevrolet Volt rusumli gibrid mashinada o‘rnatilgan niqoblangan portlovchi moslamani aniqlash va zararsizlantirishga, ushbu ishda ishtirok etgan barcha shaxslarni hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi.