TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida dzudo bo‘yicha an’anaviy "Russian Judo Tour" turniri bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ndan ortiq davlat terma jamoalari ishtirok etdi. Bu haqda UzA axborot agentligi xabar berdi.
Bu turnirda O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili munosib ishtirok etib, 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. -100 kg vazn toifasida Ernazar Sarsenbayev barcha dastlabki bellashuvlarda g‘alaba qozondi va turnir g‘olibiga aylandi. Ayollar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida Sevinch Isakova finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. -60 kg vazn toifasida Kamoliddin Baxtiyorov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Troe uzbekskix borsov zavoyevali medali v Rossii
© "UzA"