TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy va iqtisodiy taraflama rivojlantirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Quyidagilar 2025–2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 6–6,5 foizga yetkazish;
sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5–6 foizga yetkazish;
bozor xizmatlari hajmini 15–17 foizga yetkazish.
Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya 5-yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.
Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) bo‘yicha 150–200 mln dollar miqdoridagi xorijiy mablag‘lar jalb qilinadi.