Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Foydali va o‘z vaqtidagi suhbat”: Putin Alyaskadagi sammit bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Putin Rossiya-Amerika sammitiga ijobiy baho berdi. Tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Alyaskadagi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan sammitdan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokaralar yakunlarini muhokama qilish uchun Kremlda yig‘ilish o‘tkazdi.
Rossiya rahbarining asosiy bayonotlari:
Putin Alyaskaga tashrifini “o‘z vaqtidagi va g‘oyat foydali” deb atadi, chunki bunga o‘xshash muzokaralar anchadan buyon o‘tkazilmagandi. Yuqori darajadagi Rossiya-Amerika uchrashuvi to‘rt yildan buyon o‘tkazilmagan.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Tramp bilan ularning “ochiq va mazmunli” muloqoti bo‘lib o‘tgan.
Rossiya va AQSh adolatli ravishda Ukraina mojarosini hal qilishni xotirjam va batafsil muhokama qildi.
Putin yana bir bor Moskva pozitsiyasini belgiladi. U mojaroning ilk sabablari bartaraf etilishi kerakligini ta’kidladi.
Rossiya tomoni Qo‘shma Shtatlarning jangovar harakatlarni tezroq tugatish zarurligi to‘g‘risidagi fikriga hurmat bilan qaraydi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva ham shuni istaydi. Rossiya masalalarni tinchlik yo‘llari bilan hal qilishga o‘tishni istagan bo‘lardi.
Tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Putin o‘tkazilgan sammitga ijobiy baho berdi va uchrashuv tomonlarni zaruriy yechimlarga yaqinlashtirganini qayd etdi.
15 avgust kuni Putin va Tramp Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina mojarosini hal etish bo‘ldi. Sammitdan so‘ng Amerika rahbari Rossiya tomoni bilan ko‘plab bandlarni kelishib olgani va endi mojaroni hal etish qarori Vladimir Zelenskiy qo‘lida ekanini ta’kidladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Tinchlik uchun imkoniyat”: Alyaskadagi uchrashuvdan keyin Putin va Tramp nimalar dedi