Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putin Mirziyoyevga Rossiya-AQSh sammitining asosiy natijalarini ma’lum qildi

O‘zbekiston rahbari erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlab, Ukraina atrofidagi vaziyat tez fursatda tartibga solinishiga umid bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, siyosatchilar xalqaro va ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlarini muhokama qilishdi.
“Rossiya prezidenti davlatimiz rahbariga 15-avgust kuni Ankorij shahrida o‘tgan Rossiya-AQSh sammitining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Mirziyoyev erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlab, Ukraina atrofidagi vaziyat tez fursatda tartibga solinishiga umid bildirdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi sur’atini saqlab qolish hamda O‘zbekiston va Rossiya korxonalarining ustuvor kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
15 avgust kuni Putin va Tramp Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina mojarosini hal etish bo‘ldi. Sammitdan so‘ng Amerika rahbari Rossiya tomoni bilan ko‘plab bandlarni kelishib olgani va endi mojaroni hal etish qarori Vladimir Zelenskiy qo‘lida ekanini ta’kidladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Foydali va o‘z vaqtidagi suhbat”: Putin Alyaskadagi sammit bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi