TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmi 18,2 % ga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yil yanvar-iyun oylarida qariyb 9,2 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.
“Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 mln tonnaga yoki 18,2 % ga oshgan”, - deyiladi xabarda.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-iyun): 2023-yil – 5 731,9 ming tonna; 2024-yil – 7 745,3 ming tonna; 2025-yil – 9 158,2 ming tonna