TOShKENT, 16 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning ishonchi komilki, uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin kuchli va aqlli yetakchidir.
“U kuchli va o‘ta qat’iy. Lekin uchrashuv juda iliq bo‘ldi”, - dedi Tramp Alyaskada Putin bilan sammit yakunlariga ko‘ra “Fox News” telekanaliga bergan intrevyusida.
Eslatamiz, Ankorijda Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar muzokaralari deyarli uch soat davom etdi.