TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Alyaskadagi Ankorijda Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar muzokaralari uch soat davom etdi. Tomonlar Ukraina mojarosiga barham berishning bir nechta punktlari bo‘yicha o‘zaro tushunishga kelishdi. Shuningdek, yangi uchrashuv borasida kelishib olishdi.
Putin va Tramp matbuot anjumani. Asosiy bayonotlar
Putin:
Rossiya Ukraina mojarosi yakuni uzoq muddatli bo‘lishidan manfaatdor.
Rossiya va AQSh rahbarlari muloqoti yetilgan, mamlakatlar muloqot qilishga o‘tishi kerak edi, ziddiyatdan kechishi kerak.
Putin Trampni Moskvaga taklif qildi, AQSh prezidenti taklifni qiziq deb atadi va bunday safar bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Rossiya Tramp ma’muriyati Ukraina mojarosini hal qilishga ko‘maklashga intilishini ko‘rmoqda.
Rossiya Ukraina xavfsizligi ta’minlanishi kerakligiga qo‘shiladi, buning ustida ishlashga tayyor.
Rossiya prezidenti Tramp uchrashuv chog‘ida uni qo‘shnilarcha qarshi olganini ma’lum qildi.
Rossiya va Alyaskani faqat Bering bo‘g‘ozi ajratib turadi, mamlakatlar yaqin qo‘shnilardir
Putin Amerika yetakchisi bilan suhbatlarini ochiq deb atadi.
Rossiya va AQShning birgalikdagi ishlar uchun ko‘plab qiziq yo‘nalishlari bor
Rossiya va Amerika sammitida har ikki tomondan natijaga qaratilgan kayfiyat bor edi.
Tramp:
AQSh rahbari u Putin bilan Ukraina mojarosining ko‘plab bandlarini kelishib olishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi, biroq ayrim masalalar bo‘yicha haliyam kelishuv yo‘q.
Tramp kelajakda AQSh va Rossiya o‘rtasida samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid bildirdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Putin ham u kabi Ukrainadagi mojaro yakunlanishidan manfaatdor.
Tramp Putin jamoasini bilishini ma’lum qildi, u “xuddi boshlig‘i kabi mashhur”.