TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Andijon shahridan Xonobodga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zAning yozishicha, bu Xonobodda bo‘lib o‘tayotgan “Dunyo sadolari” III xalqaro milliy estrada san’ati festivali munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirildi.
15, 16 va 17-avgust kunlari “Andijon” temir yo‘l vokzalidan “Andijon-Xonobod” yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi reyslar amalga oshirilishi belgilandi:
1- reys. Ketish: 07.00 da, qaytish: 10.00, 16.00 va 22.00 da.
2- reys. Ketish: 13.00, qaytish: 16.00, 22.00 da.
3- reys. Ketish: 19.00, qaytish: 22.00 da.
Andijon – Xonobod avtomobil yo‘lida og‘ir yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari qatnovi bir necha kunga cheklandi.
Xonobod shahridagi ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan barcha hududlarga, yo‘l va chorrahalarga kuzatuv kameralari o‘rnatildi, Wi-Fi internet zonasi tashkil etildi, mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi gid va volontorlar guruhlari shakllantirildi, bankomatlar, zamonaviy biohojatxonalar o‘rnatildi.
15-17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan “Dunyo sadolari” III xalqaro milliy estrada san’ati festivalida "Yevrovidenie-2009" tanlovi sovrindori Arash (Arash Labafzoda), hindistonlik pop-qo‘shiqchi Alisha Chinay, turkiyalik mashhur qo‘shiqchi Mustafa Sandal singari jahon estrada san’ati yulduzlari ishtirok etadi.
Shuningdek, Andijon viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, festivalda In-Grid, “Arabesk” (Arabesque) guruhlari hamda Alisha Chinay, Zara, Munisa Rizayeva va Elmurod Xaqnazarov kabi san’atkorlar ishtirok etadi.