Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Ukraina mojarosi bo‘yicha Rossiya shartlariga rozi bo‘lishi mumkin – OAV

Ta’kidlanishicha, agar Kiyev Vashingtonning qaroriga rozi bo‘lmasa, bu Tramp “yana bor g‘azabini Zelenskiyga sochishiga” olib kelishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha Rossiya shartlariga rozi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Atlantic” nashri yozmoqda.
“O‘zining savlovoldi kampaniyasi davomida urushga barham berishga va’da berib, Tramp, avvalo, janglar to‘xtatishi juda istaydi. Kuzatuvchilar buning natijasida u Ukraina buni xohlashi yoki xohlamasligiga qaramay, Putinning (Rossiya prezidenti – tahr.) shartlariga rozi bo‘lishidan xavotirda”, - deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, agar Kiyev Vashingtonning bunday qaroriga rozi bo‘lmasa, bu Tramp “yana bor g‘azabini Zelenskiyga sochishiga” olib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida Ukraina Qurolli kuchlarining mojaroni davom ettirish imkoniyatlariga salbiy ta’sir qiladi.
Eslaib o‘tamiz, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi 15-avgust kuni Alyaska shtatidagi Ankorij shahrida bo‘lib o‘tadi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Orban: Rossiya Ukraina mojarosida g‘alaba qozonganini G‘arb tan olishi kerak