Imtihon natijasidan norozilar appelyatsiya shikoyatini qanday kiritadi?

Bakalavriat yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar onlayn tarzda apellyatsiya arizasini berishi mumkin. Shikoyatlarini ko‘rib chiqish 21-avgustdan boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 15-avgustdan 24-avgustgacha (10 kun davomida) my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali onlayn tarzda apellyatsiya arizasini berishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Apellyatsiya berishi uchun abituriyent test sinovida ishtirok etgan va undan chetlatilmagan bo‘lishi shart.
Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga yoki xabarnomada ko‘rsatilgan joyga kelishi lozim.
Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni 2025-yil 21-avgustdan boshlanadi.
OTMga kirish test sinovlari natijalari e’lon qilindi