Oq uy Putin va Trampning Alyaskadagi uchrashuv joyini ma’lum qildi

AQSh va Rossiya yetakchilari uchrashuvi Ankorijdagi Elmendorf-Richardson harbiy bazada bo‘lishi kutilyapti.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi 15-avgust kuni Alyaska shtatidagi Ankorij shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Juma kuni ertalab prezident Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish uchun butun mamlakat uzra Ankorijga, Alyaska (shtat), jo‘nab ketadi”, - dedi u.
CNN telekanali o‘z manbalariga tayanib, AQSh va Rossiya yetakchilari uchrashuvi Ankorijdagi Elmendorf-Richardson harbiy bazada bo‘lishini xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sammit tashkilotchilari faqat bu joy “tarixiy uchrashuvni” o‘tkazish uchun qo‘yilgan talablarga javob beradi degan xulosa kelishgan, garchi Oq uy harbiy bazada Rossiya delegatsiyasini qabul qilishni rejalashtirmagan bo‘lsa-da.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin bilan bo‘lajak uchrashuv haqida Tramp nimalar dedi – asosiy bayonotlar