Matbuot markazi

Anons: O‘zbekiston bojxona organlari inson salomatligini qanday himoya qilmoqda

Tadbirda bojxonachilar oziq-ovqat va boshqa yuklar ortida yashirilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar kontrabandasini aniqlashda qo‘llaydigan zamonaviy texnologiyalar muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida O‘zbekiston bojxona organlari tomonidan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 14-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar: Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ravshan Ro‘ziyev.
2025 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, respublikada 19 mingdtaan ortiq kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishi holatlariga chek qo‘yildi, 564 milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy olib kirilishi oldi olindi.
Shuningdek, 1,2 tonna giyohvandlik vositalari va 156 kg psixotrop moddalar olib kirilishining oldi olindi. Spiker jinoyatchilar oziq-ovqat va boshqa yuklarda yashirishga urinayotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar kontrabandasiga qarshi kurashning zamonaviy choralari haqida so‘zlab beradi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+998971907178
️ Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.