Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Orban: Rossiya Ukraina mojarosida g‘alaba qozonganini G‘arb tan olishi kerak

Vengriya bosh vazirining ta’kidlashicha, ayrimlar hozir Ukrainada yuzaga kelgan harbiy vaziyatning ochiq yakuni bor deb xato o‘ylashmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Rossiya allaqachon Ukraina mojarosida g‘alaba qozondi, masala shundaki, Kiyevni qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb mamlakatlari bu qachon tan oladi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
Siyosatchining ta’kidlashicha, ayrimlar hozir Ukrainada yuzaga kelgan harbiy vaziyatning ochiq yakuni bor deb xato o‘ylashmoqda.
“Bunday emas. Bu urushni Ukraina yutqazdi. Rossiya bu urushni yutdi. Savol shundaki, ukrainlar ortida turgan G‘arb qachon va qanday holatlarda bu ro‘yganini tan oladi”, - dedi Orban “Patriota” portaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozir taslim bo‘lmaydi, chunki mamlakatga haligacha G‘arb qurol-yarog‘ va o‘q-dorilari kelib turibdi, aks holda mojaro allaqachon barham topgan bo‘lardi.
Orban YeI mamlakatlari yetakchilari Donald Trampning AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishishidan oldin Rossiya bilan muzokaralarni boshlashi kerak bo‘lganini aytdi. O‘shanda Yevropa taqdiri Moskva va Vashingtonga emas, balki o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan bo‘lardi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya urushlarda g‘alaba qozonishni biladigan kuchli davlat – Tramp