O‘zbekistonliklar “Grand Skate Tour 2025”da qatnashadi

Olimpiya ruhini mujassam etgan hamda butun dunyodan skeytbording, roller-sport, samokat sporti va longbording havaskorlarini birlashtiruvchi "Grand Skate Tour 2025" xalqaro festivali "Xodinskoe pole" bog‘ida yangi ko‘rinishda o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Jahonga mashhur Grand Skate Tour (GST) skeytbording tadbirlari turkumi 2025-yilning 14-24 avgust kunlari Moskvadagi "Xodinskoe pole" bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning 60 tadan ortiq mamlakatidan 5000 nafarga yaqin ishtirokchi skeytbording va roller- sportning barcha qirralarini namoyish etish uchun bir joyga to‘planadi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘ladi.
"Grand Skate Tour vozvrashayetsya v Moskvu
“Grand Skate Tour 2025”da ishtirok etishlarini taniqli sportchilar va mashhur soha vakillari allaqachon tasdiqlashgan.
Tadbirga tashrifni rejalashtirgan madaniyat arboblari orasida SSSRning so‘nggi yillarida Moskvadagi skeytbordni hujjatlashtirgan skeyt-fotografiya asoschisi Miki Vuchkovich ham bor.
“Bu tadbir barcha skeytbording yetakchilarini birlashtirish uchun ajoyib platformadir. Bu oddiy musobaqa emas edi. Rossiyaliklar noyob narsa yaratishdi: ular butun dunyodan skeytbordni rivojlantirayotgan va bu sport turiga ishtiyoqi baland bo‘lgan insonlarni to‘plashdi. Men o‘z mamlakatimda skeytbordni rivojlantirish uchun juda ko‘p ishlar qildim. GST tashkilotchilari menga o‘xshagan ko‘plab odamlarning ushbu platformada uchrashib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishini ta’minladi”, - deydi Dallas Oberxolser, ikki karra Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.
"Grand Skate Tour vozvrashayetsya v Moskvu
Rossiya skeytbording federatsiyasi prezidenti, World Skate elchisi, “Lokomotiv” RFSO faxriy raisi Ilya Vdovinning so‘zlariga ko‘ra, “Grand Skate Tour” Moskvaga yangi, kengaytirilgan formatda qaytmoqda. Dastur nuqtayi nazaridan kengaytirilgan, unda skeytbordingdan tashqari, longbording, roliklar va samokatlar ham namoyish etiladi, shuningdek, geografik qamrov nuqtayi nazaridan ham.

“Grand Skate Tour” — bu turli mamlakatlardan kelgan professional skeytbordchilar va havaskorlarni birlashtiruvchi skeyt tadbirlari turkumi.