O‘zbekiston va YeOII

YeOII: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish qanchaga oshdi

Ittifoqqa a’zo deyarli barcha davlatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish o‘sdi. Xususan, chorva mollari va parranda yetishtirish 0,4 foizga, tuxum yetishtirish esa 4,5 foizga ko‘paydi.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. 2025-yilning birinchi yarmida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamentining Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi bo‘limi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘sish Ittifoqqa a’zo deyarli barcha davlatlarda kuzatildi:
Armanistonda — 7,3 foizga;
Qirg‘izistonda — 3,8 foizga;
Qozog‘istonda — 3,7 foizga;
Rossiyada — 1,5 foizga.
Xususan, so‘yish uchun chorva mollari va parranda yetishtirish 0,4 foizga, sut 1,5 foizga, tuxum 4,5 foizga oshgan.
2024 yilning birinchi yarmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish oldingi yilning shu davriga nisbatan 2,6 foizga oshgan edi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda yagona birja bozori tashkil etiladi - u qanday afzalliklar beradi?