Uch qahramon bozorining 40 foizi yonib ketgani ma’lum bo‘ldi

Bozorning do‘konlar qurilgan maydoni 20.000 m/kv bo‘lib, 12.000 m/kv savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan
Sputnik
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan "Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi"da sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida majmuaning 8 ming metr kvadrat maydonidagi do‘konlar vayron bo‘lgan. Bu haqda Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Bozorning umumiy do‘konlar qurilgan maydoni 20.000 m/kv bo‘lib, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 12.000 m/kv maydonda joylashgan savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar aniqlanmagan", - deyilgan xabarda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozir yong‘in kelib chiqishi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent tumanidagi Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi - video