Matbuot markazi

Rossiya ta’lim usullari o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilariga qanday yordam bermoqda — video

Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonlik o‘quvchilar olimpiada, muhandislik bellashuvlari va matematika turnirlarida o‘zlarini muvaffaqiyatli namoyon etishmoqda.
Sputnik
Sputnik matbuot markazida “Aql kuchi” (“Sila uma”) xalqaro gumanitar loyihasi rahbari Kseniya Starigina ishtirokida Rossiya va O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Rossiya Maorif vazirligi ko‘magida o‘zbekistonlik pedagoglar zamonaviy Rossiya usullari va aniq va tabiiy fanlardan samarali dars berish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
2022 yilda boshlangan “Aql kuchi” loyihasi muhandislik va texnika ta’limi qadriyatlarini ilgari surish orqali Rossiya hamda xorijiy davlatlar o‘rtasidagi yagona ilmiy-ta’lim makonini saqlab qolishga yordam bermoqda
Loyihaning deyarli 4-yillik faoliyati davomida 3000 nafardan ziyod o‘quvchi ta’lim oldi, ularning 1000 nafardan ko‘prog‘i o‘zbekistonlik yoshlar.
“Bu nafaqat Toshkent! Samarqand, Namangan, Guliston, Qarshi va Andijon maktablari ham loyihaga qo‘shildi. Ayniqsa, bugungi kunda Andijon o‘qituvchi va o‘quvchilari faolligi bilan yetakchilardan biri”, — ta’kidladi Starigina.
Maqsad - Rossiya va xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi yagona ilmiy-ta’lim makonini saqlab qolish.
“Ya’ni yoshlarimiz va o‘smirlarimiz o‘zlarini maksimal darajada samarali namoyon eta oladigan va yuqori hayotiy natijalarga erisha oladigan umumiy muloqot maydonini yaratishimizdir. Biz nafaqat Rossiya ta’limi qadriyatlarini, balki umuman olganda muhandislik ta’limi qadriyatlarini targ‘ib qilmoqdamiz”, - dedi “Aql kuchi” xalqaro gumanitar loyihasi rahbari.
Uning qayd etishicha, o‘zbekistonlik o‘quvchilar olimpiada, muhandislik bellashuvlari va matematika turnirlarida o‘zlarini muvaffaqiyatli namoyon etishmoqda.
Batafsil – Sputnik videosida.