O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda yagona birja bozori tashkil etiladi - u qanday afzalliklar beradi?

YeOIIda yagona birja bozori tashkil etiladi - u fermerlar, ishlab chiqaruvchilar va savdo kompaniyalarini vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laydi. Loyiha 2030-yilda ishga tushishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da umumiy birja bozori paydo bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi YeOII muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Elimbek Kanibek uulu ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala Cho‘lponotada bo‘lib o‘tadigan YeOII Hukumatlararo kengashida muhokama qilinadi. Loyihani amalga oshirish 2030-yilda boshlanishi kutilmoqda.
"Bu shunday tashkillashtirilgan maydonki, unda tovarlar xuddi do‘kondagidek, shaffof qoidalar asosida ulgurji sotiladi va sotib olinadi, faqat iste’molchilar uchun emas, balki biznes, zavodlar, fermerlar va savdo kompaniyalari uchun", — dedi spiker.
Masalan, qirg‘izistonlik fermer 10 tonna bug‘doy yetishtirdi, Rossiya un ishlab chiqaruvchi zavodi esa uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri arzon narxda sotib olmoqchi. Ular bir-birlarini vositachilar orqali qidirish o‘rniga, to‘g‘ri birjaga chiqishadi. Sotuvchi taklifni joylashtiradi, un ishlab chiqaruvchi zavod xarid qilish uchun buyurtma beradi va narx bozor talabi va taklifi bo‘yicha avtomatik tarzda belgilanadi. Birja bitimning bajarilishini kafolatlaydi, pul va tovar tomonlarga xavfsiz o‘tadi.
nachalnik Upravleniya koordinatsii YeAES Ministerstva ekonomiki i kommersii KR Elimbek Kanibek uulu

"Umumiy birjaning ishga tushirilishi YeOIIning barcha mamlakatlari uchun bir xil qoidalarni, shaffof narxlarni yaratadi, chunki qirg‘izistonlik fermer va rossiyalik xaridor qanday savdolashayotganini hamma ko‘rib turadi. “Kulrang sxemalar” kamroq bo‘ladi, chunki savdo rasmiy ravishda qayd etiladi, milliy valyutalardan foydalanish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘ladi", - deya tushuntirdi Kanibek uulu.

Hozir normativ baza va ushbu maydon doirasida savdolar o‘tkaziladigan tovarlar ro‘yxatilari yaratilmoqda.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII: Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi