TOShKENT, 11 avg – Sputnik. 11 avgust kuni yarim tunda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan Uch qahramon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in haqidagi xabar soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borishgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in soat 03:24 da qurshab olindi va soat 04:46 da o‘chirildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtga qadar tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.