Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya armiyasi DXRdagi Lunacharskoe qishlog‘ini ozod qildi

Bu hududda Ukrainaning 410 nafargacha harbiy xizmatchisi va 5 ta zirhli jangovar mashinasi yo‘q qilingan
Sputnik
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining "Markaz" qo‘shinlari jangchilari DXRning Lunacharskoe aholi punktini nazorat ostiga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Lunacharskoe aholi punktini ozod qilishni yakunladi," - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, rossiyalik harbiylar DXRning Dimitrov, Dobropole, Rodinskoe, Udachnoe, Artomovka, Krasnoarmeysk va Grodovka aholi punktlari, Dnepropetrovsk viloyatining Novopavlovka va Filiya hududlarida dushman armiyasini mag‘lub etdi.
Frontning bu qismida Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari quyidagilarni tashkil etdi:
410 nafargacha harbiy xizmatchilar;
beshta zirhli jangovar mashina;
11 ta avtomobil;
beshta dala artilleriyasi qurollari;
radioelektron kurash olib borish uchun mo‘ljallangan uskunalar majmuasi
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari Dnepropetrovsk viloyatidagi temir yo‘l kesishmasiga zarba berdi