TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi Moldovani o‘zining harbiy tuzilmasining bir qismi qilishni istaydi, ammo rasmiy a’zoliksiz va xavfsizlik kafolatlarisiz. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu RIA Novosti uchun yozgan “Moldova chorrahada” maqolasida.
Uning ta’kidlashicha, Moldovaning aksariyat aholisi mamlakatning NATOga qo‘shilishiga salbiy munosabatda, biroq hukumat respublikaning betaraf maqomidan voz kechish va alyansga qo‘shilishga jamiyatni undash uchun agressiv targ‘ibot olib bormoqda. Odamlarga bu go‘yoki milliy xavfsizlikni mustahkamlash va hududiy yaxlitlikni saqlash qolish uchun ekanini singdirishga urinishmoqda.
Shoyguning fikricha, amalda esa gap Moldovani NATO bilan qo‘shma harbiy faoliyatiga uzluksiz qo‘shilish sari borayotgani haqida ketmoqda.
“Mamlakatni alyansning harbiy infratuzilmasining bir qismi bo‘lishga tayyorlashmoqda, biroq rasmiy a’zoliksiz va, tabiiyki, xavfsizlik kafolatlarisiz”, - dedi Rossiya Xavfsizlik kengai kotibi.
2021 yildan Moldovani amaldagi prezident Mayya Sandu tashkil qilgan “Harakat va birdamlik” partiyasi tomonidan shakllantirilgan hukumat boshqarmoqda. Mamlakat parlamenti saylovlari shu yil 28-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.